Dasturlash xizmatlari

Veb-sayt, Telegram bot va dastur yaratish xizmatlari

Templates.uz — O'zbekiston va Markaziy Osiyo uchun website yaratish, Telegram bot ishlab chiqish va mobil ilova (dastur) yaratish bo'yicha dasturchilar jamoasi. Narx oldindan ma'lum, muddat kelishiladi, kod sizniki.

Xizmatlar va narxlar

Uch asosiy yo'nalish — har birining o'z sahifasida imkoniyatlar, narxlar va savol-javoblar batafsil.

Veb-sayt yaratish

dan 1 550 000 so'm

Landing page, korporativ sayt, katalog yoki xizmatlar portali

  • Sayt turi va maqsadi
  • Sahifalar soni
  • Sayt tillari
  • Admin panel (CMS)
  • Telegram arizalar boti
  • SEO & Qidiruv optimizatsiyasi
  • va yana 3 ta imkoniyat

Telegram Bot yaratish

dan 1 150 000 so'm

Savdo, Mini App (Web App), avto-ariza va ma'lumot beruvchi botlar

  • Bot yo'nalishi va maqsadi
  • Bot tillari
  • Web Admin panel
  • To'lov tizimlari (Click, Payme)
  • Ommaviy xabarnoma (Rassilka)
  • Google Jadvalga yozish
  • va yana 2 ta imkoniyat

Mobil ilova yaratish

dan 4 500 000 so'm

Android va iOS uchun zamonaviy Flutter / React Native ilovalari

  • Qaysi platformalar uchun?
  • Ilova turi va yo'nalishi
  • Backend server & API
  • SMS / Telefon bilan kirish
  • Push-bildirishnomalar
  • Ilova ichida to'lov (Payme, Click)
  • va yana 2 ta imkoniyat

Bizga sayt yaratish, dastur yaratish yoki Telegram bot buyurtma qilish uchun texnik topshiriq yozib o'tirish shart emas: xizmatni tanlaysiz, kerakli imkoniyatlarni belgilaysiz va yakuniy narxni shu zahoti ko'rasiz. Landing page'dan tortib internet-do'kon, CRM bilan integratsiyalangan portal, savdo boti, Telegram Mini App va App Store / Google Play'dagi mobil ilovagacha — hammasi bitta jamoada.

Har bir loyiha zamonaviy stekda (Laravel, React, Tailwind CSS, Flutter / React Native, PostgreSQL) yoziladi, mobil qurilmalarga moslashadi, tez yuklanadi va Google / Yandex indekslashiga tayyor topshiriladi. Kerak bo'lsa hosting, .UZ domen, VPS server, SSL va jamoangizni o'rgatish uchun video yo'riqnoma ham qo'shiladi.

Kimlar uchun

Kichik biznesdan startapgacha — vazifaga mos yechim tanlaymiz.

  • Biznes va tadbirkorlar

    Korporativ sayt, xizmatlar katalogi, arizalarni Telegram'ga yuboradigan landing page — mijoz oqimini oshiradigan yechimlar.

  • Do'kon va yetkazib berish

    Internet-do'kon, savdo boti yoki Mini App, Payme/Click to'lov, buyurtmalar admin panelda yoki Google Sheets'da.

  • O'quv markaz va kurslar

    Kurs sotadigan sayt, yopiq kanalga obuna boti, o'quvchilar bazasi va avtomatik xabarnomalar.

  • Startaplar

    MVP: veb-portal yoki mobil ilova + backend API, tez chiqarish va bosqichma-bosqich kengaytirish.

Nega Templates.uz

  • Narx oldindan aniq Konstruktor yakuniy summani ko'rsatadi — «keyin gaplashamiz» yo'q, yashirin to'lovlar yo'q.
  • Muddat yozma kelishiladi Landing page 3–5 kun, sayt va bot 1–2 hafta, mobil ilova 3–6 hafta — boshlashdan oldin tasdiqlanadi.
  • 4 tilda ishlaymiz O'zbek, rus, ingliz va tojik — sayt, bot va muloqot sizga qulay tilda.
  • Kod va kafolat Manba kodi to'liq sizga topshiriladi, xatolar bepul tuzatiladi, texnik yordam paketi ixtiyoriy.

Ish jarayoni

Buyurtmadan topshiruvgacha — besh bosqich, har birida siz nazoratdasiz.

  1. 1

    Buyurtma va narx

    Saytda xizmat va imkoniyatlarni tanlaysiz — narx darhol chiqadi. Jamoa Telegram yoki telefon orqali bog'lanadi.

  2. 2

    Texnik topshiriq

    Maqsad, auditoriya, sahifalar/funksiyalar ro'yxati va muddat qisqa hujjatda tasdiqlanadi.

  3. 3

    Dizayn

    Brendingizga mos maket ko'rsatiladi; tuzatishlar tasdiqlangach dasturlash boshlanadi.

  4. 4

    Dasturlash va test

    Jonli havolada jarayonni kuzatasiz. Mobil, tezlik va xavfsizlik testlaridan o'tkaziladi.

  5. 5

    Topshiruv va yordam

    Serverga o'rnatish, kod va kirishlarni topshirish, jamoangizni o'rgatish. Keyin — texnik yordam.

Qo'shimcha xizmatlar

Har qanday buyurtmaga qo'shiladigan xizmatlar — hosting va domen, server, do'kon akkauntlari, o'rgatish va texnik yordam.

  • 1 oylik texnik yordam +400 000 so'm Nosozliklarni bepul to'g'rilash va konsultatsiya
  • 3 oylik texnik yordam +900 000 so'm Nosozliklarni bepul to'g'rilash va konsultatsiya
  • SSD Hosting + .UZ Domen +650 000 so'm 1 yillik tezyurar server va domen nomi
  • 1 yillik VPS Cloud Server (24/7) +600 000 so'm Bot uzluksiz va tezkor ishlashi uchun doimiy server
  • Serverga to'liq o'rnatish va sozlash +500 000 so'm Loyihani sizning shaxsiy serveringizga to'liq o'rnatib, ishga tushirib berish
  • Video yo'riqnoma va Jamoani o'rgatish +400 000 so'm Tizimdan qanday foydalanish va boshqarish bo'yicha maxsus video darslik
  • App Store & Google Play Akkaunt ochish +850 000 so'm Kompaniyangiz nomiga rasmiy dasturchi akkauntlarini ochib berish

Narxlar so'mda, QQSsiz. Yakuniy summa tanlangan imkoniyatlarga bog'liq va buyurtma berishdan oldin ko'rsatiladi.

Buyurtmasiz ham boshlash mumkin

Katalogda 426 dan ortiq tayyor sayt shabloni va komponent — HTML, Tailwind CSS, React. Yuklab oling yoki kodsiz konstruktorda o'zingiz yig'ing.

Ko'p beriladigan savollar

Ko'p beriladigan savollar

Narx, muddat va jarayon haqida eng ko'p so'raladigan savollar.

Templates.uz qanday dasturlash xizmatlarini ko'rsatadi?

Uch asosiy yo'nalish: veb-sayt yaratish (landing page, korporativ sayt, katalog va internet-do'kon, portal), Telegram bot yaratish (savdo boti, Mini App, avto-ariza, kurs va yopiq kanal botlari) hamda mobil ilova yaratish (Android va iOS). Har biriga admin panel, to'lov tizimlari, ko'p tillilik, SEO, hosting va texnik yordam kabi imkoniyatlar qo'shiladi.

Frilanser dasturchi yollaganim ma'qulmi yoki jamoaga buyurtma berganim?

Bitta dasturchi bilan ishlash arzonroq ko'rinishi mumkin, lekin muddat, kafolat va davomiylik odatda muammo bo'ladi. Templates.uz jamoasida narx oldindan aniq, muddat shartnomada, kod sizga to'liq topshiriladi va topshirilgandan keyin texnik yordam paketini tanlash mumkin — dasturchi «yo'qolib qolishi» xavfi yo'q.

Qaysi texnologiyalarda ishlaysiz?

Veb: Laravel (PHP), React, Tailwind CSS, PostgreSQL / MySQL. Telegram botlar: Telegram Bot API, Mini App (Web App), Payme/Click integratsiyasi. Mobil: Flutter va React Native, backend REST API. Loyiha uchun eng mos, uzoq muddat qo'llab-quvvatlanadigan stek tanlanadi — «moda» uchun emas.

Viloyatlardan yoki chet eldan buyurtma bersa bo'ladimi?

Ha. Butun jarayon onlayn: buyurtma saytdan, muhokama Telegram yoki telefon orqali, ko'rsatish — jonli havola bilan. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Namangan, Andijon, Qarshi, Nukus va boshqa shaharlar hamda Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston mijozlari bilan ishlaymiz. To'lov so'm yoki karta orqali.

Loyiha topshirilgandan keyin qo'llab-quvvatlash bormi?

Topshiruvdan keyin xatolar bepul tuzatiladi. Yangi funksiyalar, kontent yangilash va monitoring uchun 1 yoki 3 oylik texnik yordam paketini, hosting + domen yoki VPS server xizmatini buyurtma paytida qo'shishingiz mumkin.

Narxni hozir hisoblang

Imkoniyatlarni belgilang, yakuniy summani ko'ring va buyurtma bering — jamoa bir ish kuni ichida bog'lanadi.