Telegram Bot yaratish

Telegram bot uchun admin panel — buyurtma, mijoz va kontent boshqaruvi

Buyurtmalar, mijozlar bazasi, mahsulot va narxlar, bot matnlari, statistika, operatorlar — brauzerdan qulay panelda. Botni o'zgartirish uchun dasturchi kerak emas.

Qo'shimcha narx
+750 000 so'm
Muddat
4–7 ish kuni
Tillar
O'zbek, rus, ingliz, tojik
Kod
To'liq sizga topshiriladi

Web Admin panel — bu nima va kimga kerak

Bot ishga tushgach, uni kunlik boshqarish kerak: yangi mahsulot qo'shish, narxni o'zgartirish, buyurtma holatini yangilash, mijozga javob berish, «bugun nechta ariza?» ni ko'rish. Bularni kodda yoki Telegram'da qilish noqulay. Web admin panel — bot uchun boshqaruv markazi: kompyuter yoki telefondan kiriladi, hamma narsa jadval va formalarda.

Panelga kerakli bo'limlarni qo'yamiz: buyurtmalar (holat, filtr, eksport), mijozlar (til, shahar, teglar, tarix), katalog, bot matnlari va tugmalari (o'zingiz tahrirlaysiz, 4 tilda), rassilka, operatorlar va rollar, statistika (kunlik/oylik arizalar, konversiya, faollik). Bir panel bir nechta botni boshqarishi mumkin.

Narx qanday hisoblanadi

«Web Admin panel» — Telegram Bot yaratish buyurtmasiga qo'shiladigan imkoniyat: +750 000 so'm. Xizmatning bazaviy narxi 1 150 000 so'mdan, shu imkoniyat bilan birga 1 900 000 so'mdan boshlanadi. Yakuniy summa konstruktorda to'lovdan oldin ko'rsatiladi.

Narxlar so'mda, QQSsiz. Yakuniy summa tanlangan imkoniyatlarga bog'liq va buyurtma berishdan oldin ko'rsatiladi.

Narxni hozir hisoblang

Nimalar kiradi

  • Buyurtmalar: ro'yxat, holatlar, filtr, izoh, eksport (Excel/Sheets)
  • Mijozlar bazasi: profil, til, teglar, tarix, bloklaganlar
  • Katalog va narxlar, bot matn/tugmalarini tahrirlash (4 tilda)
  • Operatorlar va rollar, mijoz bilan yozishma (live-chat rejimi)
  • Statistika: arizalar, konversiya, faol foydalanuvchilar, manbalar
  • Rassilka moduli bilan integratsiya (ixtiyoriy)

Shu yo'nalishda nimalar qilamiz

  • Telegram bot admin panel
  • Bot boshqaruv paneli
  • Bot uchun CRM
  • Buyurtmalarni boshqarish bot
  • Bot statistikasi
  • Web panel Telegram bot
  • Bot mijozlar bazasi
  • Operator paneli

Ish jarayoni

Buyurtmadan topshiruvgacha — besh bosqich, har birida siz nazoratdasiz.

  1. 1

    Buyurtma va narx

    Saytda xizmat va imkoniyatlarni tanlaysiz — narx darhol chiqadi. Jamoa Telegram yoki telefon orqali bog'lanadi.

  2. 2

    Texnik topshiriq

    Maqsad, auditoriya, sahifalar/funksiyalar ro'yxati va muddat qisqa hujjatda tasdiqlanadi.

  3. 3

    Dizayn

    Brendingizga mos maket ko'rsatiladi; tuzatishlar tasdiqlangach dasturlash boshlanadi.

  4. 4

    Dasturlash va test

    Jonli havolada jarayonni kuzatasiz. Mobil, tezlik va xavfsizlik testlaridan o'tkaziladi.

  5. 5

    Topshiruv va yordam

    Serverga o'rnatish, kod va kirishlarni topshirish, jamoangizni o'rgatish. Keyin — texnik yordam.

Ko'p beriladigan savollar

Ko'p beriladigan savollar

Narx, muddat va jarayon haqida eng ko'p so'raladigan savollar.

Admin panel narxi qancha?

«Web Admin panel» — +750 000 so'm Telegram Bot yaratish buyurtmasiga. Mavjud botga ulash — bot kodini ko'rib chiqqach, odatda shu narx atrofida.

Bot matnlarini o'zimiz o'zgartira olamizmi?

Ha — barcha xabarlar va tugmalar panelda tahrirlanadi, 4 tilda; o'zgarish darhol botda ko'rinadi, qayta yuklash shart emas.

Bir nechta operator ishlashi mumkinmi?

Ha — har operator o'z logini bilan, rollar (admin, operator, ko'ruvchi), buyurtmalar taqsimoti va kim nima qilgani tarixi.

Narxni hozir hisoblang

Imkoniyatlarni belgilang, yakuniy summani ko'ring va buyurtma bering — jamoa bir ish kuni ichida bog'lanadi.