Templates.uz — Markaziy Osiyo IT platformasi

Veb-sayt, Telegram bot va mobil ilova yaratish — aniq narxda, uch qadamda

Xizmat turini tanlang, kerakli imkoniyatlarni belgilang va narxni shu zahoti ko'ring. Qolganini Templates.uz jamoasi o'z zimmasiga oladi.

1 Xizmat turini tanlang
Qadam 1 / 3

Xizmat turini tanlang

Sizga kerakli xizmat turini belgilang

Qo'shimcha imkoniyatlar

Kerakli funksiyalarni yoqing

Ushbu xizmat uchun qo'shimcha parametrlar mavjud emas

Ushbu xizmat uchun qo'shimcha xizmatlar yo'q

Buyurtma berish uchun tizimga kiring

Kirgach, tanlagan xizmatingiz bilan shu yerdan davom etasiz.

Buyurtma xulosasi Jonli hisob
Boshlang'ich narx
Buyurtmangiz tarkibi
Jami narx Barcha tanlangan xizmatlar kiritilgan
Xizmat turini tanlang
Xizmatlar va narxlar

Veb-sayt, Telegram bot va mobil ilova yaratish xizmatlari

Templates.uz — O'zbekiston va Markaziy Osiyo uchun website yaratish, Telegram bot va dastur ishlab chiqish xizmatlari. Narx oldindan ma'lum: xizmatni tanlang, imkoniyatlarni belgilang va yakuniy summani darhol ko'ring.

Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Sayt yaratish narxi, muddati va jarayoni haqida eng ko'p so'raladigan savollar.

Veb-sayt yaratish qancha turadi?

Templates.uz'da veb-sayt yaratish 1 550 000 so'mdan boshlanadi: landing page shu narxda, korporativ sayt, katalog va portal uchun narx tanlangan imkoniyatlarga qarab oshib boradi. Bosh sahifadagi konstruktorda xizmatni tanlab, yakuniy summani buyurtma berishdan oldin ko'rasiz — yashirin to'lovlar yo'q.

Telegram bot yaratish narxi qancha?

Telegram bot yaratish 1 150 000 so'mdan boshlanadi. Savdo boti, Mini App (Web App), avto-ariza yoki ma'lumot beruvchi bot — turi, tillar soni, to'lov tizimi, admin panel va Google Sheets integratsiyasi kabi qo'shimchalar narxni belgilaydi.

Mobil ilova (dastur) yaratish qancha turadi va qaysi platformalar uchun?

Android va iOS uchun Flutter / React Native ilovalari 4 500 000 so'mdan boshlanadi. Backend API, SMS orqali kirish, push-bildirishnomalar, to'lov va xaritalar integratsiyasi, App Store / Google Play'ga joylash — barchasi alohida tanlanadi.

Sayt yoki bot qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Landing page odatda 3–5 ish kunida, korporativ sayt va Telegram bot 1–2 haftada, mobil ilova 3–6 haftada topshiriladi. Aniq muddat buyurtmadagi imkoniyatlar hajmiga bog'liq va ish boshlanishidan oldin kelishib olinadi.

Buyurtma qanday beriladi va to'lov qanday amalga oshiriladi?

Bosh sahifada xizmat turini tanlang, kerakli imkoniyatlarni belgilang va buyurtmani yuboring — jamoamiz Telegram yoki telefon orqali bog'lanadi. To'lov bosqichma-bosqich: ish boshlanishida oldindan to'lov, qolgani topshirishda. So'm, karta va PayX orqali to'lash mumkin.

Buyurtma bermasdan tayyor sayt shablonini olsam bo'ladimi?

Ha. Katalogda 426 dan ortiq tayyor mahsulot bor: HTML + Tailwind CSS landing va ko'p sahifali saytlar, React (Vite) shablonlar, bepul shablonlar hamda bittadan komponentlar (hero, header, slider, section, tugma, animatsiya). To'lovdan so'ng ZIP arxiv darhol yuklab olinadi, xohlasangiz kodsiz konstruktorda saytni o'zingiz yig'asiz.