Mobil ilova yaratish

Yetkazib berish va internet-do'kon ilovasi — savat, to'lov, kuryer, xarita

Restoran, do'kon, dorixona, suv va gaz yetkazish, market — mijoz ilovasi + kuryer ilovasi + admin panel. Buyurtma, to'lov, xaritada kuzatuv, push. 5 500 000 so'mdan.

Boshlang'ich narx
5 500 000 so'm
Muddat
6–10 hafta
Tillar
O'zbek, rus, ingliz, tojik
Kod
To'liq sizga topshiriladi

Savdo & Yetkazib berish — bu nima va kimga kerak

Yetkazib berish ilovasi — uchta qismdan iborat tizim: mijoz ilovasi (katalog, savat, to'lov, buyurtma holati, xaritada kuryer), kuryer ilovasi (buyurtmalar, marshrut, holatni o'zgartirish) va admin/operator paneli (buyurtmalar, menyu, kuryerlar, hisobot). Restoran, oziq-ovqat do'koni, dorixona, suv/gaz yetkazish, gul va tort — barchasi shu sxemada ishlaydi.

Biz tizimni Flutter (mijoz va kuryer ilovalari) + Laravel backend'da quramiz: real vaqt holatlar, Payme/Click to'lov, naqd/karta tanlovi, aksiya va promo-kodlar, yetkazish zonalari va narxi, ish vaqti, push-bildirishnomalar, sodiqlik ballari, ko'p filial. Telegram Mini App yoki sayt ham shu backend'ga ulanadi — mijoz qayerdan qulay bo'lsa, o'sha yerdan buyurtma beradi.

Narx qanday hisoblanadi

Mobil ilova yaratish xizmatining bazaviy narxi 4 500 000 so'm, «Savdo & Yetkazib berish» yo'nalishi uchun ustama +1 000 000 so'm — jami 5 500 000 so'mdan. Sahifalar soni, tillar va qo'shimcha imkoniyatlar (admin panel, to'lov, SEO va h.k.) alohida qo'shiladi va konstruktorda darhol ko'rinadi.

Narxlar so'mda, QQSsiz. Yakuniy summa tanlangan imkoniyatlarga bog'liq va buyurtma berishdan oldin ko'rsatiladi.

Narxni hozir hisoblang

Nimalar kiradi

  • Mijoz ilovasi: katalog, savat, manzil, to'lov, buyurtma holati, tarix
  • Kuryer ilovasi: buyurtmalar, marshrut (xarita), holatlar, statistika
  • Admin/operator paneli: menyu, buyurtmalar, kuryerlar, zonalar, hisobot
  • Payme / Click / naqd, promo-kodlar, aksiyalar, sodiqlik ballari
  • Xarita va geolokatsiya, yetkazish zonalari va narxlari, push
  • Ko'p filial, ish vaqti, Telegram Mini App / sayt bilan umumiy backend

Shu yo'nalishda nimalar qilamiz

  • Yetkazib berish ilovasi yaratish
  • Internet-do'kon ilovasi
  • Restoran ilovasi
  • Kuryer ilovasi
  • Oziq-ovqat yetkazish ilovasi
  • Dorixona ilovasi
  • Delivery app O'zbekiston
  • Buyurtma ilovasi yaratish

Ish jarayoni

Buyurtmadan topshiruvgacha — besh bosqich, har birida siz nazoratdasiz.

  1. 1

    Buyurtma va narx

    Saytda xizmat va imkoniyatlarni tanlaysiz — narx darhol chiqadi. Jamoa Telegram yoki telefon orqali bog'lanadi.

  2. 2

    Texnik topshiriq

    Maqsad, auditoriya, sahifalar/funksiyalar ro'yxati va muddat qisqa hujjatda tasdiqlanadi.

  3. 3

    Dizayn

    Brendingizga mos maket ko'rsatiladi; tuzatishlar tasdiqlangach dasturlash boshlanadi.

  4. 4

    Dasturlash va test

    Jonli havolada jarayonni kuzatasiz. Mobil, tezlik va xavfsizlik testlaridan o'tkaziladi.

  5. 5

    Topshiruv va yordam

    Serverga o'rnatish, kod va kirishlarni topshirish, jamoangizni o'rgatish. Keyin — texnik yordam.

Ko'p beriladigan savollar

Ko'p beriladigan savollar

Narx, muddat va jarayon haqida eng ko'p so'raladigan savollar.

Yetkazib berish ilovasi narxi qancha?

«Savdo & Yetkazib berish» 5 500 000 so'mdan (mijoz ilovasi). Kuryer ilovasi, backend/API, to'lov, xarita, push va nashr konstruktorda alohida; texnik topshiriqdan keyin aniq smeta va bosqichlar.

Bir nechta filial va shaharda ishlaydimi?

Ha — filiallar, zonalar, har filial o'z menyusi/narxi va kuryerlari bilan; buyurtma eng yaqin filialga yo'naltiriladi.

Bizda sayt bor — ilova unga ulanadimi?

Agar saytda API bo'lsa — ulanadi; bo'lmasa umumiy backend qilamiz va saytni ham unga o'tkazamiz. Katalog bir joyda boshqariladi.

Narxni hozir hisoblang

Imkoniyatlarni belgilang, yakuniy summani ko'ring va buyurtma bering — jamoa bir ish kuni ichida bog'lanadi.