Portfolio

Biz ishlab chiqqan saytlar va boshqaruv tizimlari

Shablon yetarli emasmi? Siz uchun noldan sayt yaratamiz.

G‘oya sizdan — professional sayt va yechim bizdan. Tez, sifatli va zamonaviy.

Game — Telegram o'yin arenasi
Texnologiya

Game — Telegram o'yin arenasi

Telegram guruhlari uchun Mini App o'yin arenasi. Kimdir chaqiruv tashlaydi, guruh a'zolari bir xil urug' (seed) bo'yicha alohida o'ynaydi va natijalar umumiy jadvalda tartiblanadi — ilon, xotira, reaksiya va boshqa o'yinlar bilan. Har bir natija server tomonda replay orqali qayta hisoblanadi, shuning uchun ball qo'lda o'zgartirilmaydi. Bot admin paneli e'lonlarni tarqatadi va statistikani ko'rsatadi.

Laravel Telegram Mini App Node.js

prokatsam.uz — Ijara CRM tizimi
Texnologiya
Prokat Sam

prokatsam.uz — Ijara CRM tizimi

Ijara biznesi uchun to'liq CRM boshqaruv tizimi. Mahsulotlar va ombor, mijozlar bazasi, faol ijaralar va band qilish taqvimi hamda buyurtmalar bir joyda boshqariladi. Moliya bo'limi to'lovlar, qarzdorliklar, xarajatlar va sof foydani real vaqtda hisoblaydi; oxirgi 30 kunlik tushum-xarajat grafiklari va eng ko'p ijaraga berilgan mahsulotlar tahlili bilan. Rollar, foydalanuvchilar va litsenziya boshqaruvi hamda ko'p tilli interfeys bilan jihozlangan.

Laravel React TypeScript