Portfolio
Biz ishlab chiqqan saytlar va boshqaruv tizimlari
Shablon yetarli emasmi? Siz uchun noldan sayt yaratamiz.
G‘oya sizdan — professional sayt va yechim bizdan. Tez, sifatli va zamonaviy.
algor.uz — Dasturlash masalalari platformasi
O'quvchilar va olimpiadachilar uchun onlayn judge: masalani tanlang, yechimni C++, Python yoki JavaScript'da yozing va yuboring — tizim uni yashirin testlarda tekshirib, natijani soniyalar ichida qaytaradi. Masalalar mavzular va qiyinlik bo'yicha saralangan, har birida 20 tagacha test bor. Reyting jadvali, foydalanuvchi profillari va yuborilgan yechimlar tarixi bilan; kod muharriri brauzerning o'zida ishlaydi.
CRM — O'quv markazi boshqaruvi
IT o'quv markazi uchun CRM: kurslar va guruhlar, o'quvchilar bazasi, dars jadvali va davomat, to'lovlar hamda qarzdorlar ro'yxati bir tizimda. Uy vazifalari va imtihonlar baholanadi, kursni tugatgan o'quvchiga QR kodli sertifikat beriladi. Bildirishnoma markazi va SMS zaxira kanali eslatmalarni yetkazadi, tahlil sahifasi tushum va o'zlashtirishni ko'rsatadi. Filiallar bitta hisobdan boshqariladi; o'qituvchilar uchun mobil API tayyor.
cloudnova.uz — Onlayn ta'lim platformasi
Onlayn ta'lim uchun to'liq LMS platformasi. Kurslar va darslar, video materiallar hamda yuklab olinadigan fayllar, amaliy topshiriqlar va avtomatlashtirilgan testlar bitta tizimda boshqariladi. O'qituvchi yuborilgan ishlarni tekshirib baho qo'yadi, o'quvchi esa shaxsiy kabinetida o'zlashtirish ko'rsatkichlari va test natijalarini real vaqtda kuzatib boradi. Rollar va ruxsatlar tizimi, faol seanslarni boshqarish hamda xavfsizlik sozlamalari bilan jihozlangan.